AsosiyJamiyat

Farg`onada fotosuratga olingan niqobsiz 156 nafar shaxsning bayonnomasi yashash xonadonlariga pochta orqali jo`natildi

'Farg`onada fotosuratga olingan niqobsiz 156 nafar shaxsning bayonnomasi yashash xonadonlariga pochta orqali jo`natildi'ning rasmi

 17 oktyabr kunidan Farg`onada jamoat joylarida karantin qoidalariga amal qilmay niqobsiz harakatlangan fuqarolarni videofotofiksasiya vositalari orqali aniqlash amaliyotini yo`lga qo`yildi.

 Bu haqda xabar bergan viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, 17 oktyabr kuni niqobli tartibga amal qilmagan 156 nafar ana shunday shaxslarning foto-video suratlari olinib tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Fotosuratga olingan niqobsiz fuqarolarning shaxsi maxsus bazada aniqlanib, IIO va Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi xodimlari tomonidan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Ushbu bayonnomani esa, fuqaroning yashash xonadoniga pochta orqali yuboriladi.

 

    Boshqa yangiliklar