AsosiyDunyo

AQShda 52 yoshli ayol jinoyatchi qatl qilinadi

'AQShda 52 yoshli ayol jinoyatchi qatl qilinadi'ning rasmi

AQShda homilador ayolni o`ldirishda va uning bolasini o`g`irlashda aybdor deb topilgan 52 yoshli Liza Montgomeri qatl etiladi. Bu haqda Meduza xabariga tayanib daryo yozmoqda.

Ma`lum qilinishicha, 2004 yilda Montgomeri kuchuk sotib olish bahonasida Missuri shtati fuqarosi Bobbi Jo Stinnett uyiga tashrif buyuradi. Uyga kirgan Montgomeri Stinnettni bo`g`ib o`ldiradi va uning qornini kesib, bolasini o`g`irlab ketadi.

Montgomeri jinoyatda aybini tan oldi. Sudda jinoyatchining advokatlari unda gallyusinasiya va yolg`on homiladorlik sindromi (psevdosiez) borligini ta`kidladi.

Montgomeri 2007 yilda o`limga olib kelgan odam o`g`irlash uchun o`limga mahkum etilgan. Ayol Indiana shtati Terre-Xot shahridagi qamoqxonada maxsus in`eksiya yordamida qatl etiladi. Qatl 8 dekabrga rejalashtirilgan.

Montgomerining qilmishi federal darajadagi jinoyat hisoblanadi. Bunday jinoyatlar uchun jazo tayinlash mamlakat federal hokimiyati vakolatiga kiradi.

    Boshqa yangiliklar