AsosiyJamiyat

Koronavirusda antibiotiklarni tavsiya qilish uchun qanday asoslar bo`lishi kerak?

'Koronavirusda antibiotiklarni tavsiya qilish uchun qanday asoslar bo`lishi kerak?'ning rasmi

Barno Abdusamatova, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi navbatdagi brifingda muhim savolga javob berdi:

Savol: Koronavirusda antibiotiklarni tavsiya qilishga qanday asoslar bo`lishi kerak?

- Antibiotiklar tavsiya qilish uchun bir qator ko`rsatmalar bo`lishi kerak: bular yiringli balg`am paydo bo`lishi, qon tahlilidagi o`zgarishlar, ya`ni leykositlar va neytrofillarni oshishi, yallig`lanish ko`rsatkichlarini s-reaktiv oqsilni oshishi hisoblanadi.  

Antibiotiklarni tavsiya qilish uchun organizm suyukliklaridan bakteriologik ekmaga (bak.pasev) tahlil qilinadi. Ushbu jarayon davrida o`sib chiqadigan infeksiyaga qarshi ta`sir etuvchi antibiotik turi belgilanganiga qarab antibiotikning birini tavsiya qilish mumkin.  

Bu davrda pala-partish qabul qilingan antibiotiklar viruslarga qarshi emas, balki jigar, buyrak va ichaklarga nojo`ya ta`sir qiladi va turli asoratlarga olib keladi. Sizga uchastka shifokoringizga murojaat qilishingizni hamda hammani maslahati orqali davolanmaslikni tavsiya etamiz. Chunki barcha koronavirus kasallariga javobgar shifokorlar SSV tomonidan o`qitilganlar va o`qitilmoqdalar. Ular vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan davolash protokollari asosida davolash ishlarini olib boradilar.

    Boshqa yangiliklar