Bu mavzu bo`yicha qancha ogohlantirilmasin, odamlar hali-hamon o`qishga kiritib qo`yaman deb aldab, cho`ntagini qappaytirayotgan firibgarlarning yolg`oniga ishonayotgani ajablanarli.
Sho`rchilik Otabek (ismi o`zgartirilgan) bilan ham shunday holat yuz berdi. U tumanning Yalti mahallasida yashovchi tanishi M.X.ning Toshkentdagi bir firma orqali Janubiy Koreyadagi universitetlardan biriga o`qishga kiritib qo`yaman, degan va`dasiga ishonadi. O`rtada kelishuv bo`ladi. Va M.X. 3700 AQSh dollari miqdoridagi pulni olib, o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.
Qo`ling bilan berib, oyog`ing bilan olasan, degan gap bor gapda. Bu Otabekning boshidan o`tdi. Axiyri, pulini ololmagach, u tuman IIBga murojaat qildi. O`qishga kirgizmoqchi bo`lgan “shovvoz”ga esa jinoiy ish qo`zg`atildi.






