AQSh prezidenti Donald Tramp 2020 yil noyabrda bo`lib o`tadigan prezidentlik saylovlarida yutqazsa, AQShdan ko`chib ketishi mumkinligini aytdi. Bu haqda TASS axborotiga tayanib, Human xabar bermoqda.
Amerika rahbarining so`zlariga ko`ra, uning raqibi Bayden AQSh prezidentligi saylovlari tarixidagi eng yomon nomzod. Tramp Baydenga yutqazsa, u bilan faxrlanadigan hech narsaga ega bo`lmasligini va mamlakatni tark etishga majbur bo`lishi mumkinligini ta`kidladi.
Avvalroq Tramp Bayden intellektual qobiliyati bo`yicha Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy rahbari Si Szinpin va KXDR etakchisi Kim Chen Indan ortda qolishini ta`kidlagan edi. Davlat rahbarining so`zlariga ko`ra, Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya etakchilari 100 foiz “o`tkir fikrlaydigan” kishilardir.






