Shu yil 10 oktyabr kuni, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro IIB xodimlariga murojaat qilib, 2020 yil yanvar oyida Namangan shahrida yashovchi tanishi uning ishonchiga kirib, 2 dona Spark rusumli avtomashinalarni 26.200 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, 500 AQSh dollarini berib, qolganini bermay yurganligidan arz qilgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Uning aytishicha, namanganlik tanishi qolgan pullarini har oyda 350 AQSh dollaridan 3 yil davomida berishini aytgan. Ammo avtomashinalarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni bermayotganligi uchun, unga nisbatan chora ko`rishni so`ragan.
Ushbu holat bo`yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 17 oktyabr kuni O`z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






