Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2021 yilga mo`ljallangan davlat byudjeti parametrlari muhokamasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.
Unda pandemiya sharoitida ijtimoiy sohaga ajratiladigan xarajatlar joriy yilga nisbatan kamida 15 foizga oshirilishi rejalashtirilayotgani qayd etildi. Jumladan, keyingi yilda maktabgacha ta`lim qamrovi darajasini 70 foizga, bunda xususiy sektor ulushini 25 foizga etkazish maqsad qilingan.
Xalq ta`lim vazirligiga byudjetdan ajratmalar 16 foizga oshiriladi. Maktablarni tezkor internetga ulash bo`yicha birinchi marta byudjetdan 100 milliard so`m, jihozlashga 200 milliard so`m yo`naltirish nazarda tutilmoqda.






