Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2021 yilga mo`ljallangan davlat byudjeti parametrlari muhokamasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.
Davlatimiz rahbari kelgusi yilgi byudjetni rejalashtirishda pandemiyaning davom etishi, jahondagi iqtisodiy faollik pasayishini inobatga olish kerakligini ta`kidladi.
Keyingi yilda sog`liqni saqlash sohasiga qariyb 20 trillion so`m, shundan koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari uchun 3 trillion so`m hamda dori-darmon xaridiga 1,8 trillion so`m belgilanishi ko`zda tutilgan.
️Kambag`allikni qisqartirish maqsadida ijtimoiy nafaqa oluvchi muhtoj oilalar soni joriy yil boshiga nisbatan 2 baravarga oshirilishi belgilandi.
Yana bir muhim jihat — kelgusi yili chin etim bolalarni uy-joy bilan ta`minlash uchun byudjetdan birinchi marotaba 30 milliard so`m ajratilishi belgilangan.






