Bosh prokuratura tomonidan kuz-qish mavsumi uchun aholi va ijtimoiy soha ob`ektlariga ko`mir mahsulotlari etkazib berish hamda zaxirasini yaratishda qonun buzilishi holatlarining oldini olish, narx-navo barqarorligini saqlash bo`yicha kompleks chora - tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boshqarmalari huzurida tegishli vazirlik va idora xodimlaridan iborat aholi hamda ijtimoiy soha ob`ektlariga ko`mir va suyultirilgan gaz mahsulotlari etkazib berishni muvofiqlashtiruvchi idoralararo tezkor shtablar tashkil etildi.
Aholi uchun ko`mir va suyultirilgan gaz etkazib berishda yuzaga keladigan muammolar yuzasidan alohida “ishonch telefoni”ni tashkil etildi.
Ko`mir mahsulotlari ishlab chiqarilishidan boshlab aholi va ijtimoiy soha tashkilotlari ehtiyojlari uchun etkazib berish hamda saqlashgacha bo`lgan jarayonlar ustidan doimiy nazorat o`rnatildi. Unga ko`ra:
- Ko`mir mahsulotlarini aholi va ijtimoiy soha ob`ektlariga etkazib berish ahvoli.
Kuz - qish mavsumi uchun aholiga etkazib berilishi lozim bo`lgan 940 ming tonna ko`mir mahsulotlaridan 32 foizi yoki 300 ming tonnasi "O`zbekko`mir” AJ tomonidan 91 ta hududiy omborlarga etkazib berilgan bo`lsa, shundan atigi 10 foizi (29 ming tn.) aholi tomonidan olib ketilgan.
Ma`lumot uchun: Andijonda omborlardagi 70 697 tonna ko`mir mahsulotlarining 9 foizi, Namanganda 58 890 tonnadan 2 foizi, Farg`onada 56 500 tonnadan 5 foizi, Samarqandda 25 303 tonnadan 29 foiz, Buxoroda 12 192 tonnadan 7 foizi va Jizzaxda 6 587 tonnadan 17 foizi, Surxondaryoda 6 441 tonnadan 11 foizi, Xorazmda 18 842 tonnadan 40 foizi, Sirdaryoda 3 329 tonnadan 51 foizi va Qashqadaryoda 8 782 tonnadan 1 foizi aholiga etkazilgan bo`lsa, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Navoiy va Toshkent viloyatlarida aholi tomonidan ko`mir mahsulotlari olib ketilmagan.
Ijtimoiy soha ob`ektlariga etkazib berish rejalashtirilgan 405,4 ming tonna ko`mir mahsulotlaridan 94 foizi, ya`ni 370 ming tonnasi "O`zbekko`mir" AJning hududiy omborlariga etkazilgan. Byudjet muassasalari tomonidan ushbu ko`mir mahsulotlaridan 257 ming tonnasi yoki 74 foizi tashib ketilgan.
Xususan, 40 ming tonna (umumiy ehtiyojga nisbatan 86 foiz) sog`liqni saqlash, 45 ming tonna (78 foiz) maktabgacha ta`lim, 156 ming tonna (73 foiz) xalq ta`limi hamda 17 ming tonna (53 foiz) oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalari tomonidan qabul qilib olingan.
- Pul mablag`larini ajratilishi va moliyalashtirilishi.
Byudjet tashkilotlariga ko`mir mahsulotlarini xarid qilish uchun byudjetdan jami 171 mlrd so`m mablag`lar iyul-oktyabr oylarida reja - grafik asosida ajratib berilishi belgilangan.
Bu borada mavjud muammolarni bartaraf qilish yuzasidan ko`rilgan choralar natijasida 9-16 oktyabr kunlari maxalliy byudjetlardan 8,2 mlrd so`m ijtimoiy soha muassasalariga ajratilishi ta`minlandi.
Biroq, ushbu maqsadlar uchun mahalliy byudjet mablag`laridan ajratilishi lozim bo`lgan 143 mlrd so`m mablag`dan atigi 43 foizi (62,2 mlrd so`m) moliyalashtirilgan, xolos.
Ma`lumot uchun: Andijon viloyatiga grafik bo`yicha moliyalashtiriliish belgilangan mablag`larning 72 foizi, Farg`onada - 70 foiz, Surxondaryoda - 67 foiz, Jizzaxda - 63 foiz, Qashqadaryoda 60 - foiz, Qoraqalpog`iston Respublikasi - 56 foiz, Navoiyda - 51 foiz, Toshkent viloyatida 48 foiz, Namanganda - 47 foiz, Sirdaryoda - 46 foiz, Xorazmda – 35 foiz va Buxoroda 28 foizi amalga oshirilmagan.
Oqibatda, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan 9,7 mlrd so`m (89 foizi), Xalq ta`limi vazirligi tomonidan 45,3 mlrd so`m (58 foiz), Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan 14,6 mlrd so`m (57 foiz) va Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan 3,5 mlrd so`m (19 foiz) to`lovlar amalga oshirilmasdan turibdi.
- Nazorat tadbirlari natijalari.
Prokuratura organlari tomonidan kuz - qish mavsumi uchun ko`mir mahsulotlarini xarid qilish, taqsimlash, etkazib berish, saqlash va sarflash jarayonlarida qonun buzilishi holatlariga yo`l qo`ymaslik bo`yicha barcha darajadagi vazirlik va idoralarning (Sog`liqni saqlash, Maktabgacha ta`lim, Xalq ta`limi, Oliy va o`rta-maxsus ta`lim, Energetika, Transport, Moliya, Mahalla va oilani qullab - quvvatlash vazirliklari, "O`zbekqumir" va "O`zbekiston temir yo`llari" AJlari, “Ko`mir etkazuvchi"unitar korxonasi, viloyatlar hokimliklari va h.k) 400 nafardan ortiq mansabdor va moddiy javobgar shaxslari rasman ogohlantirildi.
Nazorat tadbirlarida aholi va ijtimoiy soha ob`ektlariga etkazib berilayotgan kumir mahsulotlarining sifati va belgilangan talablar asosida saqlanishiga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Masalan, "O`zenergoinspeksiya" tomonidan ijtimoiy soha ob`ektlarining ko`mir saqlash omborlari holati o`rganilganida, Maktabgacha ta`lim vazirligidagi 351 ta, Xalq ta`limi vazirligidagi 625 ta, Sog`liqni saqlash vazirligidagi 259 ta hamda Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligidagi 31 ta omborlar mavsumga tayyor emasligi aniqlangan.
Bundan tashqari, joyiga chiqqan holda o`tkazilgan o`rganishlar davomida “O`zbekko`mir” AJga qarashli 91 ta hududiy omborning 55 tasi qoniqarsiz ahvolda ekanligi aniqlandi.
Xususan, Farg`ona (8 ta), Qashqadaryoda (7 ta), Surxondaryo va Jizzaxda – (6 tadan), Navoiyda (5 ta) da mavjud barcha omborlarning tom qismi to`liq yopilmaganligi, yog`ingarchilik va quyosh nuridan himoyalanmganligi, yong`in xavfsiligi talablariga jabor bermasligi sababli qoniqarsiz deb topilgan bo`lsa, Samarqandda 12 tadan 7 tasi, Xorazmda 11 tadan 5 tasi, Toshkent viloyatida 7 tadan 3 tasi, Andijonda 7 tadan 6 tasi va Buxoroda 5 tadan 2 tasida shu kabi kamchiliklar qayd etilgan.
Mazkur omborlardagi kamchiliklarni bartaraf etilishi hududiy prokurorlar tomonidan nazoratga olindi.
Ko`mir mahsulotlarining talon - toroj qilinishini oldini olishga alohida e`tibor qaratib kelinmoqda.
Xususan, Departament organlari tomonidan shu kungacha bu borada 5 ta jinoyatlar fosh etilib, 684 tonna ko`mir mahsulotlari talon - toroj qilinishining oldi olindi.
Jumladan:
1. "O`zbekko`mir" AJning "Karmana ko`mir ombori" xodimlari J.M va A.B 58,5 tonna ko`mir mahsulotlarini go`yoki "Xatirchi ko`mir ombori"ga yuborilgani haqida qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, Samarqand viloyatida yashovchi fuqaro G`.A.ga har bir tonnasini 510 ming so`mdan sotayotgan vaqtida ushlangan.
Yoki, "Navoiy ko`mir etkazuvchi" filiali mansabdor shaxslari jami 71,7 mln. so`mlik 174tonna tayyor ko`mir briketini o`zlashtirish yo`li bilan talon - toroj qilganlari aniqlangan.
2.Shuningdek, “O`zbekko`mir” AJning “Farg`ona ko`mir etkazuvchi” filiali Oltiariq tuman ombori xodimi I.I byudjet tashkilotlariga tarqatish uchun ajratilgan 345 tn ko`mirni 100 mln so`mga noqonuniy ravishda sotganganligi aniqlangan.
3.Shu bilan birga, “Andijon ko`mir etkazuvchi” filiali Asaka tuman ombori mudiri M.X 27,5 tn ko`mirni fuqaro D.Xga 15,8 mln so`mga sotganligi aniqlangan.
4.Shu o`rinda axoliga murojaat qilib aytish lozimki, bugungi kunda kuz - qish mavsumi uchun aholiga etkazib berilishi lozim bo`lgan ko`mir maxsulotlari "O`zbekko`mir” AJ ning 91 ta hududiy omborlarga etkazib berilmoqda, ko`mir mahsulotlariga extiyoji bor aholi ko`mirni 1 tonnasini 300.300 so`mdan, ko`mir briketini 412.500 so`mdan sotib olishlari mumkin.
Agarda ushbu omborlarda qayd etilgan narxdan baland narxda sotish, ta`magirlik holatlari, shuningdek suyultirilgan gaz etkazib berilishi, uning narxlari bilan yuzaga kelgan muammolar bo`yicha idoralararo tezkor shtablarning kuyidagi “Ishonch telefoni”ga murojaat qilishlari so`raladi.
Idoralararo tezkor shtab «Ishonch telefon» raqamlari | ||
| 1 | Markaziy shtab | 71-233-10-07 |
| 2 | Qoraqalpog`iston Res. | 61-223-10-07 |
| 3 | Andijon viloyati | 74-234-40-90 |
| 4 | Buxoro viloyati | 65-221-58-26 |
| 5 | Jizzax viloyati | 72-222-82-80 |
| 6 | Qashqadaryo viloyati | 75-226-08-89 |
| 7 | Navoiy viloyati | 79-225-27-29 |
| 8 | Namangan viloyati | 69-234-40-36 |
| 9 | Samarqand viloyati | 66-237-80-00 |
| 10 | Surxondaryo viloyati | 76-224-06-82 |
| 11 | Sirdaryo viloyati | 67-225-17-56 |
| 12 | Toshkent viloyati | 71-250-82-04 |
| 13 | Farg`ona viloyati | 73-226-48-81 |
| 14 | Xorazm viloyati | 62-228-50-16, 62-228-50-20 |
Bosh prokuratura
boshqarma prokurori
adliya maslahatchisi D.N.Valijanov






