1

“Al-Qoida” Italiya va Ispaniyada terakt sodir etilishini ma`lum qildi

Dunyo 08.01.2016, 10:58
“Al-Qoida” Italiya va Ispaniyada terakt sodir etilishini ma`lum qildi

 “Al-Qoida” terrorchilik tashkiloti 7 yanvar kuni internet tarmog`i orqali Neapol, Rim va Madrid shaharlarida terakt sodir etish bilan tahdid qiluvchi videorolikni tarqatdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

“Ular hozircha bizning hududimizda, ammo kun kelib biz ularni ularning Neapol, Rim va Madriddagi o`z hududlarida yakson etamiz”, — dedi terrorchilardan biri videorolikda.

Videorolik davomiyligi 13 daqiqa bo`lib, unda terrorchilik guruhining Malidagi a`zolari ham tasvirlangan. Ular orasida Abu al-Nur al-Andalusi ismini olgan Ispaniya fuqarosi ham borligi aytilmoqda. Videorolikda avval sodir etilgan teraktlardan tasvirlar ifodalangan. Hozirda Ispaniya xavfsizlik kuchlari mazkur videorolikni o`rganmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1