AsosiyDunyo

Birinchi qon guruhi koronavirusga eng chidamli ekani aniqlandi

'Birinchi qon guruhi koronavirusga eng chidamli ekani aniqlandi'ning rasmi

Ma`lumki dunyodagi odamlar 4 xildagi qon guruhiga mansub. Xo`sh, qaysi qon guruhiga ega odamlar koronavirusga eng bardoshli hisoblanadi? Bu borada olimlar tadqiqot o`tkazdi. Unda birinchi qon guruhiga ega odamlar koronavirusga kamroq chalinishi aniqlandi.

Daniyalik mutaxassislar koronavirusga tekshirilgan 473 mingdan ko`proq kishining ma`lumotlarini o`zaro taqqoslashdi. Olingan natijalarga ko`ra, test musbat chiqqanlar orasida 0 (birinchi) qon guruhiga ega odamlar kamroq, A (ikkinchi), V (uchinchi) va AV (to`rtinchi) qon guruhiga ega odamlar nisbatan ko`proq bo`lgan.

Olimlar bu omilni birinchi qon guruhi organizmga viruslarni o`tkazuvchi eritrositlar antigeniga ega emasligi bilan tushuntirishgan.

Avvalroq Xitoy, AQSh va Eron olimlari koronavirus asoratlaridan 2-qon guruhiga ega odamlar ko`proq, 3- va 4-qon guruhiga ega odamlar esa kamroq o`lishlari haqida xulosaga kelishgan edi.

    Boshqa yangiliklar