AsosiyJamiyat

2 yoshgacha bola puli olish uchun mahalladan 13 ta hujjat talab qilishyapti. Shu to`g`rimi?

'2 yoshgacha bola puli olish uchun mahalladan 13 ta hujjat talab qilishyapti. Shu to`g`rimi?'ning rasmi

AOKA zalida Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzaeva ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda bolalar nafaqasi bilan bog`liq savolga javob berildi. 

2 yoshgacha bola puli olish uchun mahallaga murojaat qildim. Mahalla xodimlari 13 ta hujjat, jumladan, uyboshi nomidan tuzilgan dalolatnoma va mehnat daftarchasi nusxasini topshirishimni aytishdi. Shu talab to`g`rimi?

➖ Fuqarolar yig`ini xodimining bu talabi umuman noto`g`ri!

 Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi «Kam ta`minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to`lash tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 44-sonli qaror asosida tasdiqlangan Nizom talablariga ko`ra, yurtdoshlarimiz 2 yoshgacha bolalari uchun nafaqa olish uchun o`zining yashash joyi, ya`ni doimiy yoki asosan yashab turgan joyi bo`yicha fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organiga ariza bilan murojaat qilishi hamda unga quyidagi hujjatlarni ilova qilishi shart:

 oilaning tarkibi va daromadlari to`g`risidagi ma`lumotlar hamda ushbu daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar;

 bolali oilalarga nafaqa yoki bola parvarishi bo`yicha nafaqa olish uchun — bolalarning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomalari nusxalari;

 doimiy ro`yxatdan o`tmasdan muayyan hududda muntazam yashab kelayotgan fuqarolardan doimiy ro`yxatdan o`tgan joyi bo`yicha bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo`yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlanmagani va to`lanmagani to`g`risida fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organi tomonidan berilgan ma`lumotnoma;

agar bolalar vasiylikka olingan bo`lsa — vasiylik va homiylik organining qaroridan ko`chirma.

Bundan tashqari, ariza beruvchi moddiy yordamga ehtiyojmandlik to`g`risidagi arizasiga o`z xohishiga ko`ra, oilaning ehtiyojmandligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni ham ilova qilishi mumkin.

Bundan ko`rinib turibdiki, mahalladan 2 yoshgacha bola parvarishi uchun nafaqa pulini olish uchun fuqarodan 13 ta hujjat so`ralgani hech qanday huquqiy asosga emas. Fuqarolar yig`ini tomonidan 14 yoshgacha bolalari bo`lgan oilalarga nafaqa, moddiy yordam hamda bola 2 yoshga to`lgunga qadar bola parvarishi bo`yicha beriladigan nafaqalar uchun fuqarolardan qonun hujjatlarida ko`rsatib o`tilmagan, jumladan, uyboshi nomidan tuzilgan dalolatnoma va mehnat daftarchasi nusxasini talab qilinishiga yo`l qo`yilmaydi.

    Boshqa yangiliklar