19 oktyabr kuni soat 06:30 larda Samarqand viloyati Jomboy tumani hududidan o`tuvchi M-39 “Almata-Toshkent-Termiz” avtomobil yo`lining 1074 kilometrida, 1982 yilda tug`ilgan B.N ismli “Lasetti” haydovchisi e`tiborsizlik natijasida, o`zidan oldinda burilib olayotgan “Gaz-5327” rusumli transport vositasining orqa qismiga urilib yo`l-transport hodisasi sodir etgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Natijada “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi B.N va 1987 yilda tug`ilgan yo`lovchisi B.Yu lar og`ir darajadagi tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etishgan.
Shuningdek, “Lasetti” avtomashinasi yo`lovchilari 1975 yilda tug`ilgan T.H, 1989 yilda tug`ilgan T.D hamda 1983 yilda tug`ilgan T.B lar turli tan jarohatlari bilan Jomboy tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Hozirda maskur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






