AsosiyJamiyat

SSV Xalq ta`limi vazirligiga pandemiya davrida maktablarda xavfsiz muhitni yaratishga yordam beruvchi tarqatma materiallarni topshirdi

'SSV Xalq ta`limi vazirligiga pandemiya davrida  maktablarda xavfsiz muhitni yaratishga yordam beruvchi tarqatma materiallarni topshirdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi BMTning Bolalar jamg`armasi (YuNISEF) bilan hamkorlikda COVID-19 pandemiyasi davrida maktablarda o`quvchilar, ularning ota-onalari va o`qituvchilar uchun xavfsizlik tartiblariga amal qilish bo`yicha muhim ko`rsatmalar, milliy me`yorlar va qoidalarni aks ettirgan tarqatma targ`ibot materiallarini ishlab chiqdi. Bu haqda SSVning Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar berdi.

Bugun Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Elmira Basitxanova ushbu tarqatma materiallarni Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatovga topshirdi.

Tarqatma materiallarni topshirish marosimida YuNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade hamda vakolatxonaning Sog`liqni saqlash bo`limi rahbari Sufang Guo ishtirok etdi.

Tadbirda ta`kidlanganidek, YuNISEFning texnik ko`magi bilan o`zbek va rus tillarida maktab rahbariyati uchun 20 ming nusxada qo`llanma hamda o`qituvchi, o`quvchi va ota-onalar uchun 223 ming nusxada poster chop etildi. Maktablarda xavfsiz muhitni yaratishga bag`ishlangan qo`llanma va  axborot materiallari 10 mingdan ortiq maktablarning barchasiga etkazilishi aytildi. E`tiborlisi, oddiy va tushunarli shaklda ishlab chiqilgan ushbu materiallar o`qituvchilar, ota-onalar hamda o`quvchilarni o`z salomatligini asrashga o`rgatib, ularda sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.  

Shuningdek, YuNISEF tomonidan pandemiya davrida maktabga borish qoidalari, qo`llarni to`g`ri yuvish va nafas olish gigienasi bo`yicha o`zbek, rus va qoraqalpoq tillarida animasion videoroliklar ham taqdim etildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar