Bugun Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdagi sessiyasi bo`lib o`tayotganligini haqida xabar bergan edik.
Viloyat hokimi Zoyir Mirzaev rahbarligida davom etayotgan xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashi sessiyasida viloyat miqyosida joriy yilning 9 oyi yakunlari sarhisob qilindi.
Aholining ehtiyojini qondirish uchun quyidagi miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berilgani sanab o`tildi:
- 221 ming tonna go`sht;
- 867 ming tonna sut;
- 136 ming tonna meva;
- 347 ming tonna poliz mahsulotlari.
Shuningdek, ayni vaqtda hududda
- 1 mln 570 ming bosh qora mol;
- 4 mln 583 ming bosh qo`y va echki;
- 6 mln 158 ming bosh parrandalar parvarish qilinmoqda.






