AsosiyDunyo

Bishkek o`zining Moskvaning oldidagi barcha majburiyatlarini to`la-to`kis bajarishiga va`da beradi — Sadir Japarov

'Bishkek o`zining Moskvaning oldidagi barcha majburiyatlarini to`la-to`kis bajarishiga va`da beradi — Sadir Japarov'ning rasmi

Qirg`iziston prezidenti vazifasini vaqtincha bajarib turuvchi, bosh vazir Sadir Japarov Bishkek o`zining Moskvaning oldidagi barcha majburiyatlarini to`la-to`kis bajarishiga va`da berdi, deya yozdi O`zA.

"Hech qanday o`zgarish bo`lmaydi, bo`lgan taqdirda ham bu ikki tomonning kelishuviga ko`ra amalga oshadi" dedi Japarov.
U Moskvani respublikaning asosiy strategik hamkori ekanini ta`kidladi.
Shuningdek, u, konstitusiyaga o`zgarishlar kiritilsa, prezidentlikka nomzodini qo`yishini ma`lum qildi.

Eslatib o`tamiz, mamlakat qonunchiligiga ko`ra, prezident vazifasini bajaruvchi shaxs prezidentlikka o`z nomzodini qo`ya olmaydi.

    Boshqa yangiliklar