1

O`zbekiston va Rossiya Bosh vazirlari muloqot qildilar

Siyosat 20.10.2020, 19:43
O`zbekiston va Rossiya Bosh vazirlari muloqot qildilar

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 20 oktyabr kuni Rossiya Federasiyasi Hukumati raisi Mixail Mishustin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda O`zbekiston Bosh vazirining matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Muloqot chog`ida ikki mamlakat o`rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik doirasidagi qator masalalar muhokama qilindi. Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo`yicha qo`shma chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish yuzasidan o`zaro fikr almashildi.

Shuningdek, o`tkazilishi ko`zda tutilayotgan hukumat rahbarlari darajasidagi Qo`shma komissiyaning ikkinchi majlisiga tayyorgarlikning borishi holati ko`rib chiqildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1