Toshkent shahri Shayxontohur tumani Anhor bo`yi ko`chasi bo`ylab jamoat tartibini saqlash bo`yicha xizmat vazifasini o`tayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi serjant A.Murodov tomonidan joriy yilning 20 oktyabr kuni taxminan soat 14:00larda ushbu yo`nalishdagi Anhor kanaliga o`zini tashlagan ayolning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Milliy Gvardiya Axborot xizmati xabar qilmoqda.
Dastlabki surishtiruv jarayonida qutqarilgan fuqaro Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi, 1987 yilda Buxoro viloyatida tug`ilgan Sh.N. bo`lib, oilaviy muammolari borligi sabab o`z joniga qasd qilishga uringanligi aniqlangan.
Hozirda Shayxontohur tumani ichki ishlar xodimlari tomonidan mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.






