AsosiyJamiyat

Farmon imzolandi: maktablarda ona tili fani dars soatlari ko`paytiriladi

'Farmon imzolandi: maktablarda ona tili fani dars soatlari ko`paytiriladi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev «Mamlakatimizda o`zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmonni imzoladi. Bu haqda O`zA xabar qildi.

Farmonga muvofiq, 2020–2030 yillarda o`zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda asosiy yo`nalishlari tasdiqlandi.

Shuningdek Fаrmonga ko`ra:

- 2025 yilga qadar davlat maktabgacha ta`lim tizimida o`zbek tilli guruhlar qamrovi 72 foizga, 2030 yilgacha esa 80 foizga etkaziladi;

- 2030 yilga qadar umumta`lim maktablarida o`quv yillari uchun tayanch o`quv rejalarida ona tili fanini o`qitish ko`lami amaldagi haftada 84 soatdan 110 soatgacha oshiriladi;

- oliy ta`lim muassasalarida o`zbek tili kafedralari soni 2025 yilga qadar 120 taga, 2030 yilgacha esa 140 taga etkaziladi;

- lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosida “O`zbekiston milliy qomusi” jildlarini nashr etish bosqichma-bosqich ko`paytirib boriladi;

- 2020 yilda o`zbek tilining lug`at boyligini oshiruvchi 15 ta lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lug`atlar yaratiladi;

- teleradiokanallar suxandon-boshlovchilarining o`zbek adabiy tilidagi nutq madaniyatini oshiruvchi qayta tayyorlov kurslarida o`qitish tizimi joriy etiladi va qamrov 2030 yilgacha 100 foizga etkaziladi;

- 2025 yilga qadar davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalari ishlab chiqiladi va ulardan foydalanish uchun 14 ta onlayn dastur ishlab chiqiladi, 2030 yilgacha esa ushbu ko`rsatkich 25 taga etkaziladi;

- dasturiy mahsulotlarning o`zbekcha ilovalari va elektron lug`at dasturlari yaratiladi;

- xorijliklar uchun o`zbek tilini o`rgatuvchi dasturlar yaratiladi;

- 2030 yilga qadar xorijiy oliy ta`lim muassasalarida o`zbek tilini o`rgatuvchi markazlar soni amaldagi 17 tadan 60 tagacha ko`paytiriladi;

- 2025 yilga qadar “O`zbek tilining do`stlari” klublari soni 30 taga, 2030 yilgacha esa 40 taga etkaziladi.

    Boshqa yangiliklar