Shu yilning 20 oktyabr kuni mamlakatimizda 305 holatda kasallik qayd etildi. Shu bilan birga, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko`rsatkich 534 nafarga etdi. E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Namangan, Andijon, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Farg`ona, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida 351 nafar bemor tuzaldi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 63912 nafar bemordan 61068 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 310 nafar bemordan 292 nafari og`ir, 81 nafari esa o`ta og`ir ahvolda. |
21.10.2020 00:01
20-oktyabr. Yurtimizda koronavirus qayd etilganlar 305 nafarni, vafot etganlar 3 nafarni tashkil qildi
