Xonanda Sharof Muqimov “Oila davrasida” gazetasiga bergan intervyusida oilasi va ijodi, so`nggi paytda o`zi haqida tarqalgan mish-mishlar haqida gapirdi.
“San`atkorning butun hayoti mish-mishdan iboratku. To`yimning ertasi kuni ajrashibdi, degan gaplar chiqqan. Gap-so`zlar shu darajaga borib etganki, bir kuni Sevinch “Uylanayotgan ekansiz” deb qoldi. Avvaliga hazillashayapti, deb o`yladim. Keyin esa “Bunday bo`lishi mumkin emas, xotinim bo`la turib qanday uylanaman”, dedim. Ammo mening gaplarimga emas, mish-mishlarga ishondi(kuladi). Chunki uning miyasiga bu gapni quyib qo`yishgandi-da. Shunda oilam baxtini ko`rolmayotganlar uchun “Sevgi-bu abadiy” nomli qo`shiq yozdim”, — deydi Sharof Muqimov.





