AsosiyJamiyat

Senat raisiga o`rinbosar saylandi

'Senat raisiga o`rinbosar saylandi'ning rasmi

Bugun Oliy Majlis Senatining sakkizinchi yalpi majlisi bo`lib o`tmoqda.

Yalpi majlis kun tartibidan o`rin olgan bir qator tashkiliy masalalar, xususan, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi o`rinbosarini saylash to`g`risidagi masala ko`rib chiqildi.

Ma`lumki, Senat Raisi o`rinbosarlaridan biri Qoraqalpog`iston Respublikasi vakili bo`lishiga oid konstitusion norma mavjud. Shu bois, senator Murat Kallibekovich Kamalovni Senat Raisi o`rinbosari lavozimiga saylash to`g`risida taklif, Prezidentimiz tomonidan taqdimnoma kiritilgan.

Murat Kamalov 1955 yilda Nukus shahrida tug`ilgan. Oliy ma`lumotga ega huquqshunos sifatida ko`p yillar mas`uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Joriy yil sentyabr oyida Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining deputati etib, 2 oktyabr kuni Jo`qorg`i Kengesning davlatimiz rahbari ishtirokida o`tgan navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasida Jo`qorg`i Kenges Raisi etib saylangan.

Majlisda senatorlar tomonidan M.Kamalov nomzodi bo`yicha fikr-mulohazalar bildirildi. 

Qonun talablariga muvofiq yashirin ovoz berish orqali 72 ta ovoz  bilan  senator Murat Kallibekovich Kamalov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi o`rinbosari etib saylandi.

Avvalroq Boriy Alixanov va Nariman Umarov senator etib tayinlangani haqida xabar bergan edik. 

    Boshqa yangiliklar