AsosiyJamiyat

20 ga yaqin vazirlik va idoralar ishtirokida Farg`ona viloyati aholisi uchun sayyor qabullar tashkil etildi

'20 ga yaqin vazirlik va idoralar ishtirokida Farg`ona viloyati aholisi uchun sayyor qabullar tashkil etildi'ning rasmi

Oddiy insonlar bilan yuzma-yuz turib ularning  turmushida uchrayotgan  chigal masalalarini  haletib berish,  kumak ko`rsatish,  ayniksa,bugungidek  koronavirus havfi yuqori bulgan bir kezda insonlarning  dardu-tashvishlariga  elkadosh bo`lib, muammolariga echim qidirish – oliy ximmat, albatta! 

Aynan shu maqsadda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti administrasiyasi, Xalq qabulxonalari mas`ul xodimlari boshchiligida 20 ga yaqin vazirlik va idoralar ishtirokida Farg`ona viloyati aholisi uchun sayyor qabullar tashkil etildi. 

Muloqotlar Uchko`prik, O`zbekiston, Bog`dod, Farg`ona hamda Toshloq tumanlarida tashkil etilgan bo`lib, Farg`ona viloyatining barcha hududidagi aholini qamrab oldi. Jami 2 300 ga yaqin murojaatchi ishtirok etdi. 

Qabullar davomida ichki ishlar faoliyatiga oid, sud qarorlari yuzasidan va prokuratura organlariga eng ko`p murojaat kelib tushdi. Shuningdek, mazkur qabullar viloyatda bank tizimi, gaz va elektr ta`minoti, mehnat va bandlik, yo`llarni ta`mirlash, uy-joy, moddiy yordam, ijtimoiy ta`minot, sud qarorlari ijrosi va aliment, sog`liqni saqlash, kadastr, maktabgacha ta`lim va xalq ta`limi masalalarida ham echimini kutib turgan ko`plab muammolar borligini ochiq-oydin ko`rsatib berdi.

Qishloq hududlaridagi aholi murojaatlarining salmoqli qismini  kommunal xo`jalik idoralari faoliyatidan qonikmaslik, toza ichimlik suvi,  tabiiy gaz va elektr ta`minoti masalalari tashkil  etdi. Mazkur masalalar  yuzasidan ham mutasaddi idoralar xodimlari  murojaatchilar bilan birma - bir qabullar o`tkazishdi xamda zudlik bilan aytilgan muammolarni hal etish va  ta`minot masalalarini echishga kirishildi.

Jumladan, 395 dona simyogoch yangi  temirbeton tayanchlarga almashtirildi. Shuningdek, 20 dona transformator punkti o`rnatildi hamda 33,2 km havo tarmog`i tortildi. Toza ichimlik suvi ta`minoti buyicha qoloq hududlarda  ishlar jadallashdi. Transheyalar kovlanib, suv quvurlari tarmoqlari tortildi.

Xonadonlarga 1 000 tonna suyultirilgan gaz etkazib berildi. 22 355 ta aholi xonadoni tabiiy gaz bilan ta`minlandi xamda 6 ta ijtimoiy soha ob`ekti tabiiy gaz tarmog`iga ulandi.

Aholi murojaatlari katorida yullarni ta`mirlash buyicha 127 ta ariza qabul qilindi. Ichki yo`l ta`miri bo`yicha  vaziyat joylarga chiqib alohida o`rganildi va natijada qariyb 2,5 mlrd so`m mablag` ajratilib, 18 km yo`l ta`mirlandi, 2 km yo`l asfaltlashtirildi, 6 km yo`l shag`al bilan qoplandi, 11  km yo`l joriy ta`mirlandi.

Tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash alohida masala tariqasida o`rganildi.  Ayniksa, tadbirkorlik sub`ektlari vakillari, o`z ishini boshlash istagidagi  yoshlar,xotin-qizlar o`rtasida biznesni qo`ullab-quvaatlashga qaratilgan  masalalarjiddiy tahlil qilindi.12 ta tadbirkorlik sub`ektiga 4 mlrd so`mdan ziyod kredit mablag`lari ajratildi. Biznes sohasiga ilk qadamini qo`ya boshlagan 38 nafar fuqaroga 1,5 mlrd so`m miqdoridagi imtiyozli kredit ajratilishiga erishildi.

Shu tariqa bank sohasiga oid  90  ta masala o`rganilgan bo`lsa, sog`liqni saqlash   bo`yicha ham  yuzlab murojaatlar kelib tushdi.  35 nafar fuqaroga davolanish uchun order berildi, 8 nafar fuqaroga nogironlikka chiqish uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rik tayinlandi. 21 nafar bola viloyat ko`ptarmoqli tibbiyot markaziga yo`llanma bilan yuborildi.

Ushbu tartibda o`tkazilgan sayyor qabullar davomida 2 332 ta masala bo`yicha murojaatlar qabul kilinib, ularning 41,5 foizi joyida ijobiy hal etildi. 22 foiz murojaatga huquqiy tushuntirishlar berilib,  murojaatlarning qolgan 31,5 foizi ijro uchun nazoratga olindi.

    Boshqa yangiliklar