1

"O`zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida portlash bo`ladi”. Yolg`on xabar egasi Namanganda aniqlandi

Jinoyat 21.10.2020, 14:27
"O`zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida portlash bo`ladi”. Yolg`on xabar egasi Namanganda aniqlandi

Joriy yilning 19 oktyabr kuni soat 17:32 da ichki ishlar idoralariga murojaat kelib tushdi. Ma`lum bo`lishicha, shu kuni noma`lum shaxs uyali aloqa raqamidan poytaxtimizning Shayxontohur tumani Bog` ko`chasida joylashgan “Uztelecom” aloqa kompaniyasi operatoriga qo`ng`iroq qilib, rus tilida “Ertadan keyin O`zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasida portlash bo`ladi” degancha aloqani yakunlagan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida noma`lum shaxs qo`ng`iroq qilib chiqqan telefon raqami Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida yashovchi, 2000 yilda tug`ilgan J. N.ning nomiga rasmiylashtirilganligi, lekin u ushbu raqamdan foydalanmasligi ma`lum bo`ldi. Undan tog`asi, Marg`ilon shahrida yashovchi, 1965 yilda tug`ilgan A. D. foydalanishi aniqlandi. Aynan u ushbu qo`ng`iroqni amalga oshirganligi ma`lum bo`lgan.

Postda.uz xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, A. D.ning nima maqsadda bunday qilganligiga oydinlik kiritilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1