AsosiyJamiyat

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi Rustam Shodiev vafot etdi

'O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi Rustam Shodiev vafot etdi'ning rasmi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, taniqli olim, iqtisodiyot fanlari doktori, sobiq Mehnat vaziri o`rinbosari, turizm sohasi rivojiga katta hissa qo`shgan mutaxassis, professor Rustam Xamidovich Shodievning vafot etdi.

 Marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur ta`ziyamizni izhor etamiz.

Rustam Xamidovich Shodievning nomi respublikamiz ilmiy jamoatchiligi doirasida hamda ta`lim tizimi xodimlari orasida yuksak ehtirom bilan tilga olinadi.  

Rustam Shodiev 1938 yil 15 mayda ziyolilar oilasida tug`ildi. 1955 yilda Toshkent shahridagi 28-sonli maktabni oltin medal bilan tugallab, Moskva davlat iqtisodiyot institutida tahsil olgan.

U o`z mehnat faoliyatini 1960 yilda O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi iqtisodiyot institutida laborantlikdan boshladi va 26 yil davomida kichik ilmiy xodimdan to ilmiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari lavozimigacha bo`lgan pog`onalarni bosib o`tdi.

1967 yilda Moskva shahrida — nomzodlik, 1981 yilda esa doktorlik dissertasiyasini yoqladi. 1983 yilda professor unvonini oldi.

1980-1984 yillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) “Suriya Arab Respublikasida mehnatni tashkil etish va samaradorligini oshirish” nomli loyihasiga rahbarlik qildi. Safardan qaytgach, Mehnat vaziri o`rinbosari va Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig`i lavozimlarida ishladi. Bank-moliya akademiyasi ilmiy markaziga rahbarlik qildi.

1997 yildan 2005 yilgacha — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri, 2005-2019 yillarda esa Toshkent davlat iqtisodiet unversitetining “Xalqaro turizm” kafedrasi professori lavozimida faoliyat yuritdi.

U o`zbek tilida ilk bor 2005 yilda va keyinchalik qayta chop etilgan “Jahon iqtisodiyoti” fani darsligining muallifidir. 120 dan ortiq maqolalari (ulardan 18 tasi xorijda) va 4 ta (bittasi ingliz tilida) yirik monografiyasi chop etilgan. 3 nafar fan doktori va 30 nafar iqtisodiyot fanlari nomzodini tayyorlagan. 1988 yilda “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi” unvoniga sazovor bo`ldi, "O`zbekiston Miliy Ensiklopediyasi"ga kiritildi, Xalqaro biografik markazining (Angliya) “XX asrning 2000 nafar atoqli intellektuallari” kitobiga kiritilib, yorliq va medal bilan taqdirlandi.  

Rustam Shodiev O`zFA Kibernetika isntitutida, keyinchalik uzoq yillar nafaqaga chikishiga kadar O`zbekiston Mehnat vazirligi qoshidagi ilmiy tekshirish institututida katta ilmiy xodim lavozimida ishlagan.  

    Boshqa yangiliklar