AsosiyDunyo

Koronavirus tufayli Evropa davlatlari yana yopilmoqda

'Koronavirus tufayli Evropa davlatlari yana yopilmoqda'ning rasmi

Ma`lum qilinishicha, Fransiyaning bir qator shaharlarida - Parij va uning atrofidagi hududlarda, Lill, Grenobl, Lion, Marsel, Ruan, Sent-Eten, Montpele, Tuluzada noyabr oyining oxirigacha komendantlik soati joriy qilingan.  

 Belgiyada esa, komendantlik soati joriy qilindi. Kafe va restoranlar bir oyga yopildi, kechki soat 20: 00 dan keyin tungi do`konlarda  spirtli ichimliklar sotish taqiqlanadi.  Fuqarolarga oila a`zolaridan tashqari boshqalar bilan uchrashish ham mumkin emas.  

Niderlandiya qisman karantin joriy etilmoqda, jamoat joylarida maskalar taqib yurish lozimligi aytilmoqda.

 Italiya 21:00 da shahar hokimlariga jamoat maydonlarini yopish huquqi berildi, havaskor sport musobaqalari to`xtatildi va yarmarkalar taqiqlandi.

Sloveniyada ham komendantlik soati joiy etildi. Barcha ommaviy tadbirlar, shu jumladan cherkov xizmatlari va shaxsiy bayramlarni o`tkazish taqiqlanadi, mazkur tartibni buzuvchilar 400 dan 4 ming evrogacha jarimaga tortiladi.

Estoniya mamlakat bo`ylab barcha barlar, klublar va restoranlarda tunda spirtli ichimliklarni sotish taqiqlandi.

Ispaniyaning bir qator shaharlari, jumladan Madrid va Salamanka izolyasiya qilindi.  Rasmiylar komendantlik soati joriy etilishini istisno etmayapti. Kataloniyada bar va restoranlar yopiq, maishiy xizmat do`konlari taqiqlangan.

 Portugaliyada 5  kishidan ko`proq odamni yig`ilishi taqiqlandi. Milliy favqulotda rejimi joriy etildi.

Irlandiya fuqarolari o`z uyidan 5 km uzoqlikda harakatlana olmaydi.

Germaniya poytaxti Berlinda niqob taqish majburiy etib belgilandi.  

Eng qattiq cheklovlar Bavera Berchtesgadener Landda: uydan uzrsiz sabab bilan chiqib ketish taqiqlanadi, maktablar yopiladi, barcha ijtimoiy tadbirlar taqiqlanadi, restoranlar faqat tashqariga chiqish uchun ochiq.

Avstriyada 6 kishidan ko`proq odamni yig`ish taqiqlanadi, hududlar qo`shimcha cheklovlar qo`yishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar