Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi Respublika Ta`lim markazining xabar berishicha, Afg`onistonda 21 oktyabr – rasmiy jihatdan bayram kuni — O`zbek tili kuni deb e`lon qilingan.
Afg`oniston Konstitusiyasiga mamlakatning rasmiy tillaridan biri sifatida kiritilgan o`zbek tili Afg`onistonning 10ta viloyatida keng tarqalgan va yildan-yilga ommalashib bormoqda. Afg`onistonda o`zbek tilida bir nechta tele- va o`nlab radiokanallar ham efirga uzatiladi.
Joriy yilning 20 oktyabr kuni Kobul shahrida bo`lib o`tgan O`zbek tili kunini nishonlashda Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G`ani hamda Bosh vazir o`rinbosari — investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligidagi O`zbekiston Respublikasi hukumati delegasiyasi ishtirok etdi.






