Suriyaning Rif-Dimashq provinsiyasi Madaya shahri aholisi ochlikdan nobud bo`lmoqda va tezkor gumanitar yordamga muhtoj. Bu haqda BMTning gumanitar faoliyat bo`yicha koordinatorlari Yakub Xellu va Kevin Kennedi ogohlantirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
"Madayada salkam 42 ming kishi ochlikdan aziyat chekmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, shahar aholisi ochlikdan nobud bo`lmoqda, shahardan chiqib ketmoqchi bo`lganlar esa o`ldirilmoqda. 5 yanvar kuni 53 yoshli erkak kishi ochlik tufayli halok bo`lgan. Uning oilasi esa hamon ochlikdan aziyat chekmoqda”, — deyiladi xabarda.
BMT koordinatorlari Suriyadagi to`qnashuvlarda ishtirok etayotgan tomonlarni Madaya kabi tang vaziyatda qolgan 15 tuman, xususan Dayr-az-Zor, Daray, El-Fua, Kefraya va Sharqiy Guta kabi hududlarda yashovchi 400 ming kishiga gumanitar yordam ko`rsatishga chorlamoqda.
"O`tgan yil davomida qamal qilingan tumanlarga gumanitar yordam jo`natish haqidagi BMT so`rovlarining 10 foizigina qo`llab-quvvatlangan edi” — deya qo`shimcha qildi Xellu va Kennedi





