AsosiyJamiyat

Oltinko`l tumaniga yangi hokim tayinlandi

'Oltinko`l tumaniga yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

Xalq deputatlari Oltinko`l tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Andijon viloyati Oltinko`l tumani hokimi lavozimiga Matruziev Iqbolbek Xasanboevich tayinlandi. 

Ma`lumot o`rnida:

Matruziev Iqbolbek Xasanboevich 1984 yilda Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida tug`ilgan. 2008 yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan.  

Mehnat faoliyatini 2003 yili Jalaquduq tumani 50-sonli maktabgacha ta`lim muassasasi ishchisi vazifasidan boshlagan.

2004-2006 yillarda Andijon viloyati Jalaquduq tumani xalq ta`limi bo`limi markazlashgan hisobxona kompyuter operatori bo`lgan.  

2017-2018 Andijon viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar Matruziev Iqbolbek Xasanboevich, Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan.

 

    Boshqa yangiliklar