AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari o`tkazilishi rejalashtirildi

'O`zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari o`tkazilishi rejalashtirildi'ning rasmi

21 oktyabr kuni Innovasion rivojlanish vazirligi koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning klinik sinovlarini O`zbekistonda tashkil etish masalasi bo`yicha Xitoy Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti va “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o`tkazdi.

Muzokaralar davomida o`tkaziladigan klinik sinovlarning barcha bosqichlari muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda, O`zbekiston ushbu vaksinani birinchilardan bo`lib hamda arzon narxlarda xarid qilishda ustuvorlikka ega bo`lishi ta`kidlandi.

Innovasion rivojlanish vazirligi mutaxassislari xitoylik hamkorlar bilan emlash jarayonini tashkil etish, jarayonga tayyorgarlik ko`rish masalalarini muhokama qildi.

    Boshqa yangiliklar