AsosiyJamiyat

«UzAuto Motors» OAVga Qo`mita tomonidan bosim o`tkazilayotganini da`vo qilganidan so`ng AOKA vaziyatni o`rganishga kirishdi

'«UzAuto Motors» OAVga Qo`mita tomonidan bosim o`tkazilayotganini da`vo qilganidan so`ng AOKA vaziyatni o`rganishga kirishdi'ning rasmi

Kuni kecha, «UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyati O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi bilan sudlashuv jarayonida Qo`mitaning rasmiy vakillari tomonidan ommaviy axborot vositalariga bosim o`tkazishga urinishlar bo`lgani to`g`risida rasmiy bayonot berdi.

Ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi avtokompaniya da`vosiga ko`ra davlat idorasining OAVlarga yaqqol bosim o`tkazgani (go`yoki) isbotlangan faktlarni o`z vakolati doirasida to`liq o`rganib chiqishini ma`lum qildi. 

"Biz OAVlarga nisbatan har qanday usulda bosim uyushtirishga yo`l qo`yilmasligi lozim deb hisoblaymiz.

O`zbekistonda so`z va matbuot erkinligi, OAVlarning mustaqil faoliyati va davlat organlarining ochiqligiga erishish davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan. Chunki aynan shu yo`l orqali O`zbekistonning faol ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hamda axborot xilma-xilligi ta`minlanishiga mustahkam zamin yaratish mumkin.

O`z o`rnida AOKA, barcha OAVlarni qonuniylik, haqqoniylik, xolislik tamoyillariga amal qilgan holda faoliyat yuritishga chorlaydi va yuqoridagi masalaga soha ekspertlarining o`rganishlari natijasiga asosan tegishli baho berilishini ma`lum qiladi", deyiladi Agentlik xabarida. 

    Boshqa yangiliklar