AsosiyJamiyat

Umumta`lim maktablarining reytingi e`lon qilindi

'Umumta`lim maktablarining reytingi e`lon qilindi'ning rasmi

2019/2020 o`quv yilida ham Ta`lim inspeksiyasi tomonidan umumta`lim muassasalari reytingini aniqlash doirasida nazorat ishlari va so`rovnomalar o`tkazildi. Xalqaro tajribalardan foydalangan holda o`tkazilgan o`rganishlar natijalariga asosan yurtimiz tuman va shaharlaridagi maktablarda ta`lim sifati tahlil qilinib, ularning reytingi aniqlandi.

Hududlar reytingida eng yuqori o`rinlarni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlari egallagan bo`lsa, quyi o`rinlarda Sirdaryo, Toshkent viloyati va Surxondaryo viloyatlari qayd etildi.

Umumiy reytingda:

eng yuqori Top-20 talikda Andijondan 6 ta, Farg`onadan 4 ta, Xorazmdan 2 ta, Qoraqalpog`istondan 2 ta, Namangandan 2 ta, Buxorodan 1 ta, Samarqanddan 1 ta, Qashqadaryodan 1 ta, Surxondaryodan 1 ta maktablar kirdi;

eng oxirgi Top-20 talikda Qashqadaryodan 5 ta, Surxondaryodan 4 ta,  Samarqanddan 3 ta, Toshkent viloyatidan 2 ta, Sirdaryodan 2 ta, Toshkent shahridan 1 ta, Andijondan 1 ta, Qoraqalpog`istondan 1 ta, Buxorodan 1 ta maktablar kirdi.

    Boshqa yangiliklar