AsosiyDunyo

“Islom davlati” jangarisi omma oldida o`z onasini qatl etdi

Suriyaning Rakka shahrida “Islom davlati” terrorchilik guruhining jangarilaridan biri odamlar ko`z oldida o`z onasini qatl etdi, deya xabar beradi suriyalik inson huquqlari bo`yicha kuzatuv kengashi vakili so`zlariga asoslanib RIA Novosti.

Huquqni muhofaza qilish vakili ma`lumotlariga ko`ra, 45 yoshlarda bo`lgan ayol o`zining 20 yoshli o`g`lini ID qatorini tark etib, Rakkadan birga qochishga ko`ndirmoqchi bo`lgan. O`g`il bu haqda o`z rahbariyatiga xabar berdi va ayol qo`lga olindi hamda o`z o`g`li tomonidan yuzlab odamlar oldida qatl etildi.

2014 yilning iyun oyidan ID jangarilari 837 nafar ayolni qatl etgan.

    Boshqa yangiliklar