COVID-19 bilan kasallangan bemorlar o`pkasidagi jarohatlar qayta tiklanadimi? Bu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva javob berdi. Bu o`pkaning qanday va qanchalik jarohatlanishiga bog`liq. Ya`ni, bemorda MSKT (multispisal kompyuter tomografiya)sida o`pkadagi jarohatlanishlar qanchalik ko`p bo`lsa, shunchalik o`pkaning tiklanishi qiyinroq va uzoqroq muddatni talab etadi. O`pkada fibroz to`qimalar paydo bo`lsa, u to`qimalar alveolalarni orqaga tiklanishiga to`sqinlik qilishi mumkin, shu bois, imkon qadar kasallikdan himoyalanish, uni engil kechuvini ta`minlash hamda o`pkaning alveolalari fibroz to`qimalar bilan qoplanmasligiga harakat qilganingiz maqsadga muvofiqdir. Engil va o`rta og`ir kechuvidagi bemorlarda jarohatlanish foizi kamroq bo`lgani bois, bu jarohatlanishlar inson turmush tarziga deyarli ta`sir ko`rsatmasligi mumkin. Lekin keyinchalik o`pkani kasallikka chalinuvchan bo`lib qolishini kuchaytirishi mumkin. |
22.10.2020 22:55
COVID-19 bilan kasallangan bemorlar o`pkasidagi jarohatlar qayta tiklanadimi?
