Yurtdoshlarimizning uzog`ini yaqin qilish va ularga yanada ko`proq qulaylik yaratish maqsadida 2020 yil 3 noyabrdan haftasiga ikki marotaba Toshkent-Shovot-Toshkent yo`nalishida 58/57 - sonli yolovchi poyezdining harakati yo`lga qo`yiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham bemalol xarid qilish mumkin.Bu haqda “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ habar berdi. IZOH: Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
|
23.10.2020 01:06
Yurtimizda qo`shimcha poezdlar qatnovi yo`lga qo`yiladi
