O`zbekistonda mahalliy hokimiyat organlari bozorlarda go`sht narxini sun`iy ravishda pasaytirishga urinyapti. Bu haqda Mamarizo Nurmurotov Markaziy bank raisi “Pul-kredit siyosatining 2021 yil va 2022-2023 yillar davriga mo`ljallangan asosiy yo`nalishi” hamda asosiy stavka bo`yicha Boshqaruv yig`ilishi qarori yuzasidan o`tkazilgan matbuot anjumanida aytib o`tdi.
Anjumanda dam olish kunlari go`sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari narxining davlat tomonidan tartibga solinishi holatlari yuz bergani aytib o`tildi. Ammo bu holat qisqa muddatli samaradan keyin, inflyasiyaning yanada avj olishiga sabab bo`lishiga oldin guvoh bo`lganmiz.
Markaziy bank raisi mazkur holatga o`z munosabatini bildirib o`tdi.
“Biz o`zbeklarda “Sallasini olib kel desa, kallasini qo`shib olib keladi” degan maqol bor. Bu mahalliy hokimiyat organlarining xatti-harakati. Biz bunday choralarga qarshimiz. Avvalo, Prezident bizdan ma`muriy boshqarish evaziga emas, balki talab va taklif hisobiga narxlarni barqarorlashtirishni talab qilmoqda. Biz hozirda mana shu maqsadga erishish uchun iqtisodiy faollik va inflyasiya darajasi barqarorligini qo`llab-qavvatlashga harakat qilyapmiz”, degan Mamarizo Nurmurotov.






