O`zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Xamidovich Toshmatov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar berdi «Gazeta.uz».
Bahodir Toshmatov shu yilning martidan prezident Davlat xavfsizlik xizmatini boshqarib kelayotgan edi, 2017−2020 yillarda Milliy gvardiya qo`mondoni bo`lib ishlagan.
Bahodir Toshmatov (1964 yilda tug`ilgan) Toshkent oliy umumqo`shin qo`mondonlik bilim yurti, O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi, Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasining Oliy akademik kurslarini, shuningdek, Farg`ona davlat universitetini tamomlagan. Harbiy fanlar falsafa doktori, dosent.
U Turkiston harbiy okrugi qo`shinlarida qo`mondonlik shtabining turli lavozimlarida xizmat qilgan. 1992−1999 yillarda Mudofaa vazirligining rahbar lavozimlarida ishlagan, 1999−2008 yillarda Mudofaa vazirligining harbiy okruglari qo`shinlariga qo`mondonlik qilgan.
2008−2011 yillarda u mudofaa vaziri o`rinbosari va birinchi o`rinbosari, so`ngra 2011−2013 yillarda — O`zbekiston prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi bo`lib ishlagan. 2013 yildan 2017 yilgacha Milliy gvardiya qo`mondoni etib tayinlanishidan oldin u mudofaa vazirining birinchi o`rinbosari sifatida faoliyat ko`rsatgan.