AsosiyJinoyat

Toshkentda fuqaroni aldab, bir yo`la 74 ming AQSh dollarini "uxlatgan" firibgarga jinoiy ish ochildi

'Toshkentda fuqaroni aldab, bir yo`la 74 ming AQSh dollarini "uxlatgan" firibgarga jinoiy ish ochildi'ning rasmi

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida fuqaroni aldab 74 000 AQSh dollarini qo`lga kiritgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Bosh prokuratura "Darakchi"ga xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro T.Ya. fuqaro S.E.ning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali “E-ijro” elektron auksion savdolaridan har-xil rusumdagi avtomashinalarni xarid qilib berish evaziga, 74 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan T.Ya.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi  

4-qismi 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar