AsosiyDunyo

Bayden va Tramp – So`nggi muzokaralarda kim g`olib chiqdi?

'Bayden va Tramp – So`nggi muzokaralarda kim g`olib chiqdi?'ning rasmi

 AQSh Prezidenti Donald Tramp va demokratlardan raqibi Jo Bayden o`rtasidagi so`nggi munozaralar payshanba kuni bo`lib o`tdi. Undagi asosiy mavzu, albatta pandemiya masalasi bo`ldi. Bu haqda Uzreport xabar berdi.

Tramp avvalgi munozaralarga qaraganda biroz o`zini bosib turishga harakat qildi, ehtiroslarini ko`rsatmadi. Shu bilan birga u Bayden va uning oilasiga nisbatan korrupsiya ayblovlarini ilgari surmoqda.

"Insonlarning o`limi uchun javobgar bo`lgan shahs Amerika Qo`shma Shtatlari prezidenti bo`lishga munosib emas", dedi Bayden.

Tramp esa bemorlar sonining ortishiga qaramasdan, iqtisodiyotni qayta to`xtatish mumkin emasligini aytdi.

"Biz virus bilan birga yashashni o`rganamiz", dedi Trump. - Bizda boshqa tanlov ham yo`q."

Shu bilan birga Tramp virus asta-sekin yo`qolayotganini ta`kidladi. Ammo amaldagi vaziyat biroz boshqacha. Payshanba kuni ba`zi shtatlar yangi anti-rekordlar o`rnatilganini xabar qildi.

Bayden esa Trampning Shimoliy Koreya rahbari, Kim Chen In bilan bo`lgan munosabatlarini ham qoraladi. “Tramp Kim Chen Inni do`sti deb atadi. Kim Chen In esa jinoyatchi. U oddiy bir jinoyatchi. Shimoliy Koreya raketalari bemalol AQSh hududiga etib kelishi mumkin”, - dedi Bayden.

 Munozaralar davrida Trampni irqchilikda ayblashdi. “Men ushbu xonadagi irqchilik muammolari bo`lmagan yagona odamman. Mening barcha odamlar bilan munosabatim yaxshi”, - dedi Tramp. 

 

    Boshqa yangiliklar