“Sabo” gazetasida chop etilgan Ravshan Komilov bilan bo`lgan suhbatda Ravshan Komilov o`g`li Farruh Komilovni san`atga kirib kelgan vaqtlari rep qo`shiq aytgani uchun muxlislardan ancha tanbeh eshitganini aytib o`tdi.
Ravshan Komilov jurnalistning “Oq bilak oyim andijonlik” qo`shig`ini nega “toshkanlik” qilib o`zgartirdingiz degan savolga quyidagicha javob berdi:
- Oddiy so`z bilan nima uchun qo`shig`imda “toshkanlik” so`zini ishlatganimni tushuntirmoqchiman. Agar “andijonlik” deb aytsam, unda arava so`zi aytilishi kerak. Toshkent shahrida arava deyarli yo`q. Aravalar ham yodgorlikka aylanyapti. Ustozimiz Komoliddin Rahimovning “Nargiz” qo`shig`ini zamonaviy uslubda kuylaganman. So`ziga ahamiyat berib muxammas yo`nalishiga o`zgartirganman.





