AsosiyJamiyat

O`zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga qassobchilik uchun jo`natilishi mumkin

'O`zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistoniga qassobchilik uchun jo`natilishi mumkin'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligidan xabar berishlaricha, agentlik, O`zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi va Islom taraqqiyot banki vakillari ishtirokida onlayn muloqot bo`lib o`tgan.

Uchrashuvda Haj mavsumida O`zbekiston fuqarolarini Saudiya Arabistoniga qassobchilik ishlariga jalb qilish masalalari muhokama etilgan. Nomzodlarga qo`yiladigan talablar, ish sharoitlari va boshqa tashkiliy masalalar bo`yicha fikr almashilgan.

Yaqin vaqt ichida fuqarolarni Saudiya Arabistonida qassobchilik bilan shug`ullanishga jalb qilish bo`yicha O`zbekistondagi mavjud imkoniyatlar o`rganiladi. Nomzodlarning shariat asosida Haj mavsumida qurbonlik uchun hayvonni so`yish tajribasi, arab yoki ingliz tilini bilish darajasi e`tiborga olinadi, fuqarolarni bu sohaga tayyorlash imkoniyatlari o`rganiladi.

Boshqa yangiliklar