AsosiyJamiyat

Virusologlar COVID-19 haqidagi eng mashhur afsonalarni ma`lum qilishdi

'Virusologlar COVID-19 haqidagi eng mashhur afsonalarni ma`lum qilishdi'ning rasmi

Infeksiya bo`yicha etakchi mutaxassislar koronavirus haqidagi ommabop ma`lumotlarni tahlil qildi va nimaga ishonish, nimani so`roq ostida qoldirish kerakligini aniqladi, deb yozadi RIA Novosti, deyiladi yuz.uz xabarida. 

Eng keng tarqalgan qarashlar ichida qo`lqoplarning samarasizligi, chekuvchilar kamroq kasal bo`lishi va hatto kiyim orqali COVID-19ni yuqtirish mumkinligi haqidagi dalillar tilga olindi.

Sechenov universiteti Tibbiy parazitologiya, tropik va yuqumli kasalliklar instituti direktori Aleksandr Lukashevning so`zlariga ko`ra, qo`lqoplarning samaradorligi bahsli bo`lib qolmoqda.

«Qo`lqoplar yuqtirish xavfini kamaytirishi mumkin. Ammo aynan rezina qo`lqop kiyishga hech qanday sabab yo`q, bunda oddiy qishki qo`lqoplar ham yordam beradi. Qo`lqoplarning foydasi bo`lmasligi mumkin, qachonki agar siz u bilan burningizni ushlasangiz» — deydi olim.

Gamaleya markazining direktori Aleksandr Ginsburg ilgari chekuvchilarning COVID-19dan «himoya qilingani»ga shubha qilgandi. Uning so`zlariga ko`ra, koronavirusning oldini olish sog`lom turmush tarzi bilan targ`ib qilinadi, ya`ni odam ichmaydi, chekmaydi va ochiq havoda bo`ladi.

«Infeksiyaning og`ir kechishi yuqtiradigan dozaga bog`liqligiga shubha qilish uchun asoslar mavjud. Bu shuni anglatadiki, hatto bizni yuz foiz himoya qilmaydigan choralar ham hech bo`lmaganda og`ir kasallik xavfini kamaytiradi», — deya Lukashev Ginsburgning so`zlariga izoh berarkan.
«Keksa avlod vakillari ko`proq xavf ostida ekanligi bilan bahslashish qiyin», deb ta`kidladi tibbiyot fanlari doktori, virusolog Anatoliy Altshteyn. Uning so`zlariga ko`ra, «barcha yoshdagi odamlar koronavirus oldida ojiz», ammo yoshlar orasida infeksiyaning alomatsiz shakli ustunlik qiladi, qariyalar orasida esa statistik ma`lumotlarga ko`ra o`lim ko`proq.
«Aksariyat odamlar alomatsiz shaklda kasallikni boshidan kechiradi, hatto ular betob ekanligiga shubha ham qilmaydi. Biroq odamlar alomatsiz holatda virusni qanday yuqtirishi mumkinligi to`g`risida ma`lumot yo`q. To`g`ri, garchi ular asosiy tarqatuvchi bo`lmasa ham ma`lum darajada infeksiyani ko`tarib yuradi. Ammo o`zlarining qayta yuqtirishdan qanchalik himoyalangani ham noaniq», — deya qo`shimcha qildi Altshteyn.

Shuningdek, COVID-19 oziq-ovqat va kiyim-kechak orqali yuqishi mutaxassislar tomonidan afsona sifatida qabul qilinadi.

«Virus birovga yuqishi uchun yuqumli doza kerak. Kiyim-kechak, do`kondagi ovqat, sochga tushadigan virus har qanday holatda ham suyuladi, uning zarari o`nlab va yuzlab marta kamayadi. Demak, bunday yuqtirish ehtimoli juda past va kundalik hayotda hisobga olinmasligi kerak», — dedi Lukashev.
Bundan tashqari, pandemiyada hidning yo`qolishi kabi alomat koronavirus bilan kuchli bog`liqdir. Biroq hamma vaqt ham bu holat COVID-19ni ko`rsatmaydi.
«Koronavirusning alomati bu isitma, yo`tal va hidni yo`qotish birikmasi. Ammo ko`pincha so`nggi omil psixologik xarakterga ega bo`lishi mumkin», - deydi Altshteyn.

Koronavirus haqidagi bir nechta dalillar bahsga o`rin qoldirmaydi. Masalan, infeksiyaning havodagi tomchilar bilan yuqishi va erkaklar tez-tez kasallikka chalinishi. Lukashevning so`zlariga ko`ra, virusologlar va shifokorlar nima uchun bunday bo`lishini aniq bilmaydi, ammo bu kuzatuv katta statistik ma`lumotlar bilan tasdiqlangan.

    Boshqa yangiliklar