AsosiyJamiyat

Yana 112 bemor va ikki o`lim... Koronavirus bo`yicha bir tunlik statistika e`lon qilindi

'Yana 112 bemor va ikki o`lim... Koronavirus bo`yicha bir tunlik statistika e`lon qilindi'ning rasmi

2020 yil 24 oktyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 923 (+112) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi.

Yangi kasallanish holatlarining  

-9 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,  

-15 nafari Andijon viloyatida,  

-4 nafari Buxoro viloyatida,

-8 nafari Qashqadaryo viloyatida,  

-28 nafari Namangan viloyatida,  

-14 nafari Sirdaryo viloyatida,  

-6 nafari Xorazm viloyatida,  

-11 nafari Toshkent viloyatida,  

-17 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 62 033 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 346 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

 

    Boshqa yangiliklar