AsosiyJamiyat

Farg`onada mashinasi jarima maydonchasiga tushgan haydovchi YPX xodimiga qo`ng`iroq qilib, "gaplashib olish"ni taklif etdi va qo`lga tushdi

'Farg`onada mashinasi jarima maydonchasiga tushgan haydovchi YPX xodimiga qo`ng`iroq qilib, "gaplashib olish"ni taklif etdi va qo`lga tushdi'ning rasmi

Farg`ona viloyati IIB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi YPX inspektori safdor E.Begmatov 2020 yil 9 oktyabr kuni, “Neksiya 3” rusumli transport vositasini tegishli ruxsatnomasiz avtomobil oynasining tusini o`zgartirilganligi uchun haydovchiga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga olib kiradi. Ertasiga, haydovchi A.G` safdor E.Begmatovga qo`ng`iroq qilib, jarima maydonchasi oldida uchrashib, gaplashib olishi kerakligini aytadi. Uchrashuv vaqtida haydovchi A.G` safdor E.Begmatovga transport vositasini jarima maydonchasidan chiqarib berishi uchun 500.000 so`m miqdorida pora taklif qiladi. YPX inspektori haydovchiga harakatida pora berish jinoyati borligi va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir necha marotaba ogohlantirishiga qaramasdan, haydovchi pora taklif qilishda davom etadi.

Shundan so`ng, safdor E.Begmatovning tegishli tartibdagi bildirgisi asosida O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi, Farg`ona shahar prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro A.G` safdor E.Begmatovga Farg`ona shahar, Yu.Sakkokiy ko`chasida joylashgan jarima maydonchasining kirish eshigi oldida 300 ming so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan holislar ishtirokida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda prosessual hujjatlar rasmiylashtirilib, to`plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Farg`ona shahar prokuraturasiga yuborildi, deyiladi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida. 

    Boshqa yangiliklar