AsosiyDunyo

Remdesivir va interferon samarasiz ekan, kelgusi bir necha oy mobaynida pandemiya juda qiyin o`tadi — JSST

'Remdesivir va interferon samarasiz ekan, kelgusi bir necha oy mobaynida pandemiya juda qiyin o`tadi — JSST'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanom Gebreesusning ma`lum qilishicha, kelgusi bir necha oy mobaynida pandemiya juda qiyin o`tadi. "Ayniqsa, Shimoliy yarim sharda yashovchi odamlar, pandemiyaning chorrahasida turibdi. Kelgusi bir necha oy juda og`ir bo`ladi va ba`zi mamlakatlar xavfning markazidalar”, dedi Gebreysyus, deb yozdi uzreport.

Uning so`zlariga ko`ra, ko`plab mamlakatlarda kasallikning keskin o`sishi kuzatilmoqda.

Avvalroq JSST rahbari deksametazon dori vositasini virusni davolashda samarali ekanini aytgan edi. “Ayni damda deksametazon dori vositasi bemorlarni davolashda yagona samarasi isbotlangan dori bo`lib qolmoqda”, dedi Tedros Gebresyus.

Shu bilan birga, Gebreesusning so`zlariga ko`ra, infeksiyani yuqtirgan og`ir bemorlarni davolashda umid qilingan ikkita dori - remdesivir va interferon o`z samarasini bermagan. 

    Boshqa yangiliklar