Bu haqda Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov AOKAda o`tkazilayotgan matbuot anjumanida ma`lum qildi.
Shermatovning ta`kidlashicha, bu — Prezident topshirig`i va farmon loyihasida o`z aksini topadi.
«O`quvchi maktabda 11 yil o`qiyapti, lekin taqdiri bir kunda hal bo`lyapti. Balki o`sha kuni kasal bo`lgandir, balki yaxshi uxlamagandir. Shu bois Prezidentimiz bu bo`yicha topshiriq berganlar, o`quvchilarning maktabda olgan baholari, ya`ni, oxirgi olti yillik natijalari inobatga olinadi.
Qayd etilishicha, 7-sinf bitiruvchilarini professional tashxislash orqali kasbiy moyilligi aniqlanadi. Umumta`lim maktabi o`quvchilari uchun kichik mutaxassisliklar bo`yicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilinadi, maktab bitiruvchilari shug`ullanishi mumkin bo`lgan kasb va lavozimlar belgilanadi.






