AsosiyJamiyat

O`qituvchilarning oylik maoshi mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorining 15 baravarigacha oshiriladi

'O`qituvchilarning oylik maoshi mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorining 15 baravarigacha oshiriladi'ning rasmi

Avval xabar ilganimizdek, ayni daqiqalarda AOKAda mamlakatimizda ta`lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi yuzasidan matbuot anjumani bo`lib o`tmoqda.

Anjumanda ishtirok etayotgan Xalq ta`limmi vaziri Sherzod Shermatovning qayd etishicha, sinf rahbarligi uchun to`lovlar 1,5 baravarga oshiriladi . Metodistlarlarning ish haqi miqdori oliy toifali o`qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Bitiruvchilarining OTMlarga o`qishga kirish ko`rsatkichlari yuqori bo`lgan umumta`lim muassasalari rahbar xodimlari rag`batlantiriladi. Shuningdek, xalqaro fan olimpiadalari g`oliblarning o`qituvchilariga to`g`ridan to`g`ri oliy malaka toifasi beriladi.

Vazirning ta`kidlashicha, 2024 yilga qadar yuqori natijalarga erishgan pedagoglarning oylik maoshi mehnatga haq to`lashning eng kam miqdorining 15 baravarigacha bosqichma-bosqich oshiriladi.

Xalq ta`limi xodimlarini rag`batlantirish jamg`armalari tashkil etiladi. 

    Boshqa yangiliklar