Sud Qirg`izistonda takroriy parlament saylovlarini 20 dekabrda o`tkazish haqidagi Markaziy saylov komissiyasining qarorini bekor qildi. Bu haqda Qirg`iziston MSK raisi Nurjan Shayldabekova ma`lum qildi.
Sud qarori munosabati bilan Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylovlarda ishtirok etishni bildirgan partiyalardan arizalarni qabul qilishni to`xtatadi. Bugungacha saylovlarda qatnishishga 25 partiya istak bildirgan.






