AsosiyJamiyat

Maktabgacha ta`lim xizmatlari uchun elektron to`lov tizimlari joriy qilinadi

'Maktabgacha ta`lim xizmatlari uchun elektron to`lov tizimlari joriy qilinadi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda ta`lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan Prezident Farmoni loyihasiga bag`ishlangan matbuot anjumanida Maktabgacha ta`lim vaziri o`rinbosari Maqsudjon Yo`ldoshev ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 1 yanvarga qadar maktabgacha ta`lim tizimida zamonaviy o`qitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari joriy qilinadi.

Xalqaro standartlar va talablar asosida maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning rivojlanishini baholash mezonlari va ko`rsatkichlarini ishlab chiqiladi.

Bolalarning o`sishi va rivojlanishi hamda maktabgacha ta`lim bilan qamrab olish jarayonlarini monitoring qilish bo`yicha axborot tizimi ishga tushiriladi va unga kiritiladigan ma`lumotlarning shaffofligi ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar