2020 yil 25 oktyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 65 200 (+98) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV ma`lum qildi.
Yangi kasallanish holatlarining 8 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,13 nafari Andijon viloyatida, 9 nafari Jizzax viloyatida, 5 nafari Navoiy viloyatida, 10 nafari Qashqadaryo viloyatida, 19 nafari Namangan viloyatida, 13 nafari Sirdaryo viloyatida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 17 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, yurtimizda 62 342 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizga etdi.
Hozirda mamlakatimizda 2 311 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha shifokorlarimiz tomonidaan davo choralari ko`rilmoqda.






